Jahon

Isroil falastinliklarning Al-Aqso masjidiga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda

Isroil falastinliklarning Al-Aqso masjidiga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda

Isroil ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda yashovchi falastinliklarga Ramazon oyining birinchi tarovih namozini Islomning eng muqaddas joyi – Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidida o‘qishni taqiqladi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Guvohlarning aytishicha, Isroil politsiyasi yuzlab falastinliklarga ruxsat bermagan. Ko‘p sonli falastinlik Haram ash-Sharif darvozasi oldida to‘plangan va Isroil politsiyasi falastinliklarga qarshi kuch ishlatib, masjid-i Aqsoga kirishiga to‘sqinlik qilgan. Al-Aqsoga faqat 40 yoshdan oshgan ayol va erkaklarga kirishga ruxsat berilgan.

Isroil hukumati 5-mart kuni bergan yozma bayonotida, Falastinliklarning ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidida Ramazon oyida ibodat qilishlarini cheklamasligini bildirgan.

Falastinliklar Sharqiy Quddus kelajakdagi mustaqil Falastin davlatining poytaxti ekanligini, biroq Isroil Sharqiy Quddusni, jumladan, Al-Aqso masjidini yahudiylashtirish orqali o‘z kimligini o‘zgartirishga harakat qilayotganini taʼkidlamoqda.