Jahon

Migrantlar Rossiyadan chiqarib yuborilishi mumkin

Migrantlar Rossiyadan chiqarib yuborilishi mumkin

Rossiya Mehnat vazirligi chet ellik mehnat muhojirlari uchun yangi talablarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda  Mehnat vazirligi matbuot xizmati OAVga ma’lum qildi.

Tegishli loyihaga ko’ra, agar migrantlar o‘z sohasidan tashqari ishlasa, Rossiyadan chiqarib yuborilishi ko‘zda tutilgan.

Medvedevning aytishicha, quvilgan jinoyatchi muhojirlar Rossiya Federatsiyasiga qaytmasligi kerak.

Shuningdek, loyiha migrantning Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilish huquqini tasdiqlovchi maxsus hujjat yaratishni nazarda tutadi.

“Mehnat migranti ruxsatnomalarga muvofiq ma’lum bir ish beruvchida ishlaydi”, – deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlikning bildirishicha, migrant ishga yollanishi uchun pul to‘lagan kompaniyada ishlaydi. Agar xodim boshqa kompaniyada ishlash istagini bildirsa, u 15 kun ichida Rossiyani tark etishga majbur bo’ladi.