Boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Raximjon Boboyev viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari vazifasidan ozod etildi.
Uning oʻrniga Umarov Abduraxim Abdulxamidovich viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Abduraxim Umarov 1985-yilda Sayxunobod tumanida tugʻilgan. 2008-yil Guliston davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Sirdaryo viloyati filialida turli masʼul lavozimlarda, mazkur tayinlovga qadar esa filial boshligʻi sifatida ishlab kelayotgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!