Yangiliklar

Dollar kursi yana koʻtarildi

Dollar kursi yana koʻtarildi
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 21,00 soʻmga koʻtarilib, 13-martdan boshlab 12 534,01 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 16,69 soʻmga koʻtarilib, chorshanbadan 13 699,67 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,19 soʻmga pasayib, 13-martdan rublning rasmiy kursi 137,80 soʻmni tashkil etadi.