Yangiliklar

Fargʻonada kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Fargʻonada kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

2023-yilning 8-avgust kuni Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Fargʻona–Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi “Chinor” YPX maskanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

Natijada, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Fargʻona viloyatining Rishton tumanida yashovchi, 1976-y.t. T.N.ga (ayol) tegishli polietilen paket ichida 1456 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi maʼlum boʻldi.

Aniqlanishicha, u mazkur dori vositalarini notanish shaxsdan 15 mln. soʻmga sotib olib, Toshkent shahriga ketayotgan boʻlgan. Holat yuzasidan T.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251-1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudi tomonidan T.N.ga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.