Sport

Rossiya kubogi: «SSKA» VEP arenada «Rostov»ni qabul qiladi

Rossiya kubogi: «SSKA» VEP arenada «Rostov»ni qabul qiladi

Rossiya kubogi, chorak final, javob uchrashuvi. «SSKA» VEP arenada «Rostov»ni qabul qiladi.

Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev harakat qilayotgan Moskvaning «SSKA» jamoasi dastlabki uchrashuvda Rostovda 1-1 hisobini qayd etishgan va «Moskvaliklar»ning yagona goliga uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Fayzullayev asistenlik qilgan edi.

Bugungi uchrashuvda ham Fayzullayevning asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli katta. Chunki premyer ligadagi «Krilya Sovetov» bilan o’yinda unga dam berilgan edi. Bundan tashqari hamyurtimiz Rossiya kubogida RPL ga nisbatan yorqinroq ko’rinmoqda.

Uchrashuv bugun 22:15 da boshlanadi.