UzAuto Motors bozorda talab ortib borayotganiga hisobga olgan holda Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini qoʻshimcha ravishda oshirish masalasini ishlab chiqdi. Bundan tashqari, oldingi shartnoma paytida kechiktirilgan toʻlov 2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillarning bir qismini chiqarishga olib keldi, bu esa kompaniyaga qoʻshimcha avtomobillarni taklif qilish imkonini beradi. Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun shartnomalar ochilish sanasi keyinroq eʼlon qilinadi.
Kontraktatsiya uchun ochiladigan qoʻshimcha hajm 2024-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarilishi hisobga olgan holda, Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi 3,5-6,7 foizgacha boʻlgan oraliqda qayta koʻrib chiqiladi.
Bundan tashqari, UzAuto Motors rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq avtomobillar sotuv tizimini bosqichma-bosqich joriy etmoqda. Ushbu tizimga koʻra, dilerliklarga keyinchalik sotish uchun avtomobillarni xarid qilish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga, dilerliklarga avtomobil uchun tavsiya etilgan chakana qiymat belgilanadi.
Ushbu yondashuv nafaqat dilerlik markazlari oʻrtasidagi raqobatni kuchaytiradi, balki xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilaydi. Dilerlik markazlari xizmat koʻrsatish sifati va innovatsion xizmatlarni yaxshilash orqali qoʻshimcha opsiyalar va aksessuarlarni taklif qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!