Yaponiyaning shimoli-sharqidagi Toxoku mintaqasida 2011-yilning 11-mart kuni yuz bergan va 22 mingdan ortiq insonni hayotdan olib ketgan vayronkor zilzila-sunamiga 13 yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan “Japan Times” nashri talofatdan keying ishlar yuzasidan tahlilini e’lon qildi.
Kuchli tabiiy ofat Tokyo Electric Powyer Company Holdings (TEPCO) “Fukusima-1” atom elektr stansiyasini uch marta katta halokatga olib kelgan va hukumat Fukusima prefekturasi aholisini evakuatsiya qilish to‘g‘risida buyruq chiqarishga majbur bo‘lgan edi.
Infratuzilmani qayta qurish natijasida ko‘chirilganlar soni 470 ming kishidan kamaygan bo‘lsa-da, Fukusima prefekturasidagi yettita munisipalitet hali ham radiatsiya tufayli taqiqlangan deb belgilangan.
So‘nggi yillarda 9 magnitudali zilzila va sunamidan zarar ko‘rgan hududlarda tiklanish jarayoni davom etayotgan bo‘lsa-da, joriy yil fevral holatiga ko‘ra, Fukusima prefekturasida 29 mingga yaqin odamning hayoti normal holatga qaytgani yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, jarayon o‘n yilgacha cho‘zilishi mumkin.
Bosh vazir Fumio Kisida dushanba kuni Fukusima prefekturasida motam marosimida ishtirok etib, 11-mart voqealaridan olingan saboqlar yo‘qolmasligini va bu saboqlardan Noto yarim oroliga qarshi kurashishda foydalanishilarini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning Yangi yil kuni Yaponiyaning markaziy qismidagi Noto yarim orolida 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi va bu 2011-yildan beri evakuatsiya bo‘yicha birinchi buyruq edi.
Milliy polisiya agentligining juma kuni e’lon qilgan so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yildagi ofat qurbonlari soni 15 ming 900 kishini tashkil etgan, fevral oyi oxirigacha esa 2 ming 520 kishi bedarak yo‘qolgan. O‘lim va bedarak yo‘qolganlarning aksariyati Miyagi, Fukusima va Ivate prefekturalariga to‘g‘ri keladi.
Qayta tiklash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat bilan bog‘liq bilvosita sabablar, masalan, jarohatlar va kasalliklarning kuchayishi natijasida vafot etganlar soni 2023-yil dekabr oyi oxiriga kelib 3 ming 802 kishini tashkil etdi. Ayni paytda, yadroviy falokatdan keyingi tozalash ishlari bahs mavzusi bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Tepco okeanga Fukusima №1 atom elektr stansiyasining halokatga uchragan radioaktiv moddasi bo‘lgan tritiyning past konsentratsiyasi bo‘lgan tozalangan suvni chiqarishni boshladi. Xalqaro atom energiyasi agentligi bu xalqaro xavfsizlik standartlariga mos kelishini tasdiqladi.
Xitoy suvning chiqarilishiga qarshi norozilik bildirdi va oqizish boshlanganidan beri Yaponiyadan barcha dengiz mahsulotlari importiga umumiy taqiq qo‘ydi. Shuningdek, Rossiya Yaponiya dengiz mahsulotlari importini cheklab qo‘ydi, Xitoyning yarim avtonom mintaqalari Gonkong va Makao ham xuddi shunday choralarni ko‘rdi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, suvni oqizish 30 yil davom etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!