Jahon

Zelenskiy Rim Papasining «oq bayroq ko’tarish» haqidagi fikriga munosabat bildirdi

Zelenskiy Rim Papasining «oq bayroq ko’tarish» haqidagi fikriga munosabat bildirdi
epa10625312 A handout picture provided by the Vatican Media shows Pope Francis (L) receiving Ukraine’s President Volodymyr Zelensky during their meeting at the Vatican, 13 May 2023. It is the first time Zelensky visits Italy since the start of the Russian invasion of Ukraine in February 2022. EPA/VATICAN MEDIA HANDOUT HANDOUT EDITORIAL USE ONLY/NO SALES

Rim Papasi Fransisk biroz avval Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha “oq bayroq ko‘tarish va muzokaralar olib borish”ga chaqirgan edi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur chaqiriqqa javob qaytardi.

BBC nashrining yozishicha, Rim papasi “Sizga uyatli bo‘lishi mumkin, lekin buning oxiri qancha o‘lim bilan tugaydi? Vaziyat yomonlashmasdan oldin muzokara qilishdan uyalmang” deya biror vositachi davlat bilan hamkorlikda “oq bayroq ko‘tarish”ni taklif qilgan edi.

“Men armiya, mudofaa kuchlarida bo‘lgan har bir ukrainalik ruhoniyga minnatdorlik bildiraman. Ular frontda hayot va insoniyatni himoya qiladilar. Ibodat, suhbat va amal bilan qo‘llab-quvvatlaydilar. Odamlar tomonda bo‘lgan cherkov shundaydir. Ikki yarim ming kilometr uzoqlikda yashashni xohlaydiganlar va sizni yo‘q qilishni xohlaydiganlar o‘rtasida virtual vositachilik bilan shug‘ullanish emas”, deya o’z munosabatini bildirgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Shuningdek, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba “Eng kuchli shaxs yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurashda ezgulik tarafini olgan va muzokaralar deb atab, ularni tenglashtirishga urinmaydigan odam” ekanini aytib o‘tgan.

Kuleba Vatikanning Ikkinchi Jahon urushi davridagi pozisiyasiga ham ishora qildi, o‘shanda Papa Piy, ba’zi tarixchilar fikriga ko‘ra, nasistlar tomonidan yahudiylarning ommaviy o‘ldirilishi haqida bilgan, ammo hech narsa qilmagan.

“Men sizni tarixiy xatolarni takrorlamaslikka, Ukraina va uning xalqini o‘z hayoti uchun adolatli kurashda doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Bayrog‘imiz ko‘k va sariq rangda. Uning ostida biz yashaymiz, o‘lamiz va g‘alaba qozonamiz. Biz boshqa bayroqlarni ko‘tarmaymiz”, deydi Ukraina Tashqi ishlar vaziri.