Jahon

Jo Bayden va Donald Tramp saylov oldi anjumanini o’tkazdi

Jo Bayden va Donald Tramp saylov oldi anjumanini o’tkazdi

Jo Bayden va Donald Tramp saylov oldi anjumanini o’tkazdi. Xabaringiz bor, 2024-yil 5-noyabr kuni AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi bo’lib o’tadi. An’anaga muvofiq, saylov oldidan 12-mart sanasida Jo Bayden va Donald Tramp debat o’tkazib, o’z saylovoldi dasturini e’lon qildi.

Demokratlar vakili amaldagi Prezident Jo Bayden, Respublikachilarning nomzodi esa sobiq Prezident Donald Tramp etib tasdiqlandi. Shtatlararo bo’lib o’tgan praymeriz tadbirida Tramp nomzodi Vashington aholisi orasida ko’p ovoz to’plab, g’alaba qozondi.

Ayni paytda AQSH da saylovoldi jarayonlari qizg’in tus olmoqda, Tramp va Bayden immigratsiya, iqtisod, abort va bir-birlarining lavozimga munosibligi haqida bahslashmoqda. Baydenning o’tgan haftadagi «Birlik holati» haqidagi murojaati saylovchilarni yoshi haqida ishontirishga va Demokratlar partiyasining 2024-yilda qiladigan rejalarining haqqoniy ekanligini isbotlashga harakat qildi.

Bunga qarshi Respublikachilar partiyasi ham nazoratni o’z qo’liga olishga intilmoqda va ularning nomzodi Donald Tramp prezidentlikka loyiq ekanini isbotlash uchun harakat qilyapti. Shuningdek, Tramp Baydenning prezidentlik yillarini “xalq uchun muvaffaqiyatsiz davr” deya ta’rifladi. Prezidentga oid iqtisodiy va jinoiy hujjatlarni e’lon qilishini yana bir bor ma’lum qildi.

Bayden ham raqini Tramp haqida gapirarkan, uni Amerika g’oyasiga tahdid solganlik va qasoskorlik kayfiyatida ishlayotganlikda aybladi. Bundan tashqari, u yoshining ulug’ ekani ortidan kelayotgan tanqidlarga ham munosabat bildirdi. Bu o’rinda Trampning 77 yoshda ekanligini ham e’tiborga olish keraklini eslatdi. Amerika xalqi orasida katta noroziliklarga sabab bo’lgan Isroil-G’azo urushiga nisbatan esa o’z pozitsiyasini ochiq bayon qilmadi.

Eslab o’tish kerakki, 2020-yilda Bayden shtatlarning oltitasida g‘alaba qozongan, Shimoliy Karolina xalqi esa Trampni qo’llab quvvatgan edi. Biroq, so’nggi so’rovnomalar shuni ko’rsatdiki, Tramp nomzodi ayni paytda milliy miqyosda yetakchilik qilmoqda, Baydenning esa reytingdagi o’rni keskin pasaymoqda.

«Baydenning eng katta muammosi – bazani mustahkamlash», – dedi Demokratlar partiyasining strategi Joel Payne. «Shubhasiz, Bayden neytral insonlar va respublikachilarga juda kuchli ta’sir o’tkazmoqchi – lekin u qilishi kerak bo’lgan birinchi narsa – o’z bazasini mustahkamlash», – deb ta’kidlab o’tdi strateg.