Yangiliklar

Oʻzbekistonning Latviyadagi yangi elchisi tayinlandi

Oʻzbekistonning Latviyadagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: “Dunyo” AA

Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Timur Rahmonov bugun Latviya poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Yangi tayinlangan elchi 2021-2024-yillarda Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsul lavozimida ishlagan. Uning konsullik okrugiga Rossiyaning Sibir federal okrugi kirgan.

46 yoshli diplomat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

Timur Rahmonov TIV tizimidagi faoliyatini 1999-yilda boshlagan. Oʻtgan yillar davomida u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, Oʻzbekistonning Polsha, Italiya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishladi. 2017–2018-yillarda esa Tashqi ishlar vazirligining Urganch shahri hududiy boshqarmasi boshligʻi, Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Rus, ingliz, polyak, ispan tillarini mukammal biladi