Yangiliklar

“Tashabbusli byudjet” boʻyicha ovoz berish jarayoni 16-martgacha toʻxtatildi

“Tashabbusli byudjet” boʻyicha ovoz berish jarayoni 16-martgacha toʻxtatildi

“Ochiq budjet” portali ishida ayrim texnik nosozliklar kuzatilayotgani sababli portal faoliyatida uzilishlar boʻlmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, nosozliklarni toʻliq bartaraf etish maqsadida ovoz berish jarayonlari vaqtincha toʻxtatiladi va 16-mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi.

Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.