Jamiyat

Toshkentda Matiz yonib ketdi

Toshkentda Matiz yonib ketdi

Bugun, 13 mart kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida Matiz rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo’lishicha, Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasi 33-uy qarshisida soat 08:00 larda, haydovchi 1993 yilda tug‘ilgan N.A.ga tegishli Matiz rusumli transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Uning oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va yetgan zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda”, deyiladi xabarda.