Irlandiya Prezidenti Maykl Higgins jahon hamjamiyatini G’azodagi vaziyatga e’tiborli bo’lish va bu jarayonni nazardan chetda qoldirmaslikka chaqirdi. Ayniqsa, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar yetkazib berishdagi to’siqlarga barham berish lozimligini ham qo’shimcha qildi.
«Dunyo aholisi G’azodagi ocharchilik va qurbonlar soni ortayotganini kuzatar ekan, bu falokatni bartaraf etishda har bir davlat o’z imkoniyatlaridan kelib-chiqib yordam berishi lozim”, – deydi Higgins.
Bundan tashqari, falastinliklarni zarur dori-darmonlar va elektr-energiya bilan ta’minlash kerakligi ham aytib o’tildi. Bugun G’azoda kislorod yetishmasligi va ocharchilikdan vafot etayotgan bolalar soni keskin ortib bormoqda.
BMT Yaqin Sharqdagi falastinliklarga yordam berish agentligiga murojaat qilib, bu masalaga bee’tibor bo’lmaslik va ularga moliyaviy ko’mak yuborish uchun yo’l ochishni talab qildi. Aks holda, tashkilot fikricha katta gumanitar falokat yuz berishi mumkin.
Murojaatdan so’ng, G’azoga mablag’ ajratishni to‘xtatgan Shvetsiya va Kanada hukumatlari qo‘llab-quvvatlashni qaytadan boshlashlarini ma’lum qildi. Bu qarorni Irlandiya Prezidenti olqishladi.
“Bu urushga chek qo’yish, insonparvarlikni eslash, inqirozni tugatish va munosib yechim berish vaqti yetib keldi”, – deya qo‘shimcha qildi Prezident Higgins.
Ma’lumot uchun, G‘azodagi to’qnashuvda 30 mingdan ortiq falastinliklar halok bo‘lgan, ularning aksariyati ayollar va bolalardir. Ommaviy qirg‘in, zaruriy mahsulotlar yetishmasligi oqibatida 73 mingdan ortiq kishi zarar ko’rgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!