Yangiliklar

Isroil Madrimovga Prezident sovgʻasi — “Tahoe” topshirildi

Isroil Madrimovga Prezident sovgʻasi — “Tahoe” topshirildi
Foto: MOQ matbuot xizmati

Professional boksning WBA yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni Isroil Madrimov bugun Toshkentga qaytib keldi.

MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov sportchimizni Olimpiya oilasi nomidan qutlab, chempionga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi – “Tahoe” avtomobilining kalitini topshirdi. Madrimov davlat tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibordan mamnun ekanini taʼkidlab, kelgusida qolgan yoʻnalishlardagi chempionlik kamarlarini ham Toshkentga olib kelishini aytdi.

Foto: MOQ matbuot xizmati
Foto: MOQ matbuot xizmati

Isroil Madrimov 8-mart kuni Saudiya Arabistonida oʻtgan chempionlik bellashuvida faoliyatida 25 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratgan edi.

Shu tariqa, Isroil Madrimov super oʻrta vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik birinchi bokschiga aylandi.