Yangiliklar

Oʻzbekistonning 6 ta hududida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

Oʻzbekistonning 6 ta hududida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

15-20-mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi elon qilinadi.

“Togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.