Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portalining ma’lum qilishicha, “Qo‘yliq” dehqon bozori faoliyati rasman tugatildi.
“Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” rasmiy saytida berilgan xabarda 2024-yil 29-fevraldan “Qo‘yliq” dehqon bozori jamiyat aksiyadorlarining qaroriga muvofiq ixtiyoriy tugatilmoqda.
Eslatib o’tamiz, Toshkent shahar hokimligi 2021-yil dekabrda “Qo‘yliq” bozori ko‘chirilishi haqida ma’lum qilgan. Unda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish maqsad qilingani bildirilgan.
Mazkur e’londan so‘ng bozor buzilishidan norozi bo’lgan sotuvchilar o’z e’tirozlarini bildirib ko‘chaga chiqqan, turli nizolar yuz bergan. Shundan so’ng, bozor “Qo‘yliq”dan 6,5 kilometr uzoqlikda joylashgan boshqa bir savdo majmuasi “Food city”ga ko‘chirilishi haqida xabarlar tarqaldi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!