2024-yil 1-apreldan aksiz soligʻi stavkalarining oʻzgarishi munosabati bilan neft mahsulotlari narxlari oʻzgarmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 2893-moddasiga muvofiq, 2024-yilning 1-aprelidan boshlab neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi oʻzgarishi belgilangan, jumladan:
1. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz soligʻi:
AI-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 soʻmdan 340 000 soʻmga (37 000 soʻmga);
Aviakerosin (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 242 000 soʻmdan 271 000 soʻmga (29 000 soʻmga);
Dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 291 000 soʻmdan 326 000 soʻmga (35 000 soʻmga);
EKO dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 262 000 soʻmdan 293 000 soʻmga (31 000 soʻmga);
2. Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilishda aksiz soligʻi:
AI-80 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 565 000 soʻmdan 633 000 soʻmga (68 000 soʻmga);
Dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 516 000 soʻmdan 578 000 soʻmga (68 000 soʻmga);
Suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uchun 807 500 soʻmdan 904 000 soʻmga (96 500 soʻmga) oshishi belgilangan.
Shu munosabat bilan “Oʻzbekneftgaz” AJ neft mahsulotlari va suyultirilgan gazini birja savdolari orqali sotishdagi boshlangʻich narxlari 2024-yil 1-apreldan boshlab aksiz soligʻi oʻzgarishi inobatga olingan holda shakllantirilgan boshlangʻich narxlarda amalga oshiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!