Iqtisod

Dollar kursi ketma-ket beshinchi kun koʻtarildi

Dollar kursi ketma-ket beshinchi kun koʻtarildi
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 2,99 soʻmga koʻtarilib, 18-martdan boshlab 12 570,00 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 52,03 soʻmga pasayib, dushanbadan 13 698,79 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,37 soʻmga pasayib, 18-martdan rublning rasmiy kursi 136,91 soʻmni tashkil etadi.