Jahon

Isroil gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga o’q uzmoqda

Isroil gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga o’q uzmoqda

Harbiylar har kuni gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga qarata o‘t ochmoqda. Bu haqda G‘azo sektoridagi hukumat matbuot xizmati rahbari Ismoil al-Savabit ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, G’azoda o’qqa tutilishi natijasida gumanitar yordamni kutayotgan 20 kishi halok bo‘lgan va kamida 155 nafar falastinlik yaralangan. Harbiylar gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga qarata o‘t ochish holatlari har kuni sodir bo‘lmoqda.

“Xalqaro hamjamiyat isroillik bosqinchi jinoyatlarining oldini olishga mutlaqo qodir emas. Biz Falastin xalqiga qarshi genotsidning to‘xtatilmagani uchun javobgarlikni AQSh rasmiylariga yuklaymiz”, – dedi as-Savabit.

Matbuot xizmati rahbarining qayd etishicha, tanklar va vertolyotlar Quvayt aylanasida gumanitar yordam yetkazilishini kutayotgan olomonga qarata o‘t ochgan.

G’azo sektoridagi Falastin Sog’liqni saqlash vazirligining aniqlik kiritishicha, zarba G’azo shahridagi Quvayt aylanmasi hududida (eksklavning ma’muriy markazi) to’plangan va gumanitar yordam yuk mashinalarini kutayotgan odamlarga qaratilgan.

Yaradorlarning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan, qurbonlar soni ortishi mumkinligidan xavotir bor, deyiladi departament bayonotida.