Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekiston avtomobil bozori boʻyicha fevral oyi tahlillarini maʼlum qildi.
Umumiy vaziyat
Fevral oyida Oʻzbekistonda 115 mingdan ortiq barcha turdagi transport vositalarining savdosi qayd etildi. Bu – yanvarga nisbatan 20,4 foizga, oʻtgan yilning fevraliga nisbatan esa 6,3 foizga kam.
Oʻtgan oyda 109,7 mingta yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 foizga kam yengil avtomobil sotildi.
Birlamchi bozor
Yangi avtomobillar bozorida ham sotuvlar sezilarli kamayib, 26 mingdan sal koʻproq avtomobilni tashkil etdi. Shu bilan birga, oʻtgan yilga nisbatan yengil avtomobillarning birlamchi avtomobil bozori 8,4 foizga oʻsdi.
Oy davomida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 23,5 mingta yengil avtomobil sotilgan, bu – oʻtgan yilning fevraliga nisbatan 7,7 foizga koʻp.
Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar
Yil davomida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil bozori 15,6 foizga oʻsdi. Fevral oyi oxiriga kelib, xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 2,7 mingtani tashkil etdi.
Elektromobillar
Yil boshida boshlangan elektromobillarga qiziqish biroz pasayganiga qaramay, oxirgi 1 yilda yangi elektromobillar savdosi 3 barobar oshdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!