Yangiliklar

Oʻzbekistonda “Ovoz” teleshousi oʻtkaziladi

Oʻzbekistonda “Ovoz” teleshousi oʻtkaziladi
Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

16-mart kuni ZoʻrTV telekanalida “Ovoz” teleshousining taqdimoti hamda matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. 

“Ovoz” teleshousi loyihasida bir mavsum 4 oy davom etadi. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, Oʻzbekiston va Tatariston xalq artisti Farrux Zokirov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Sevara Nazarxon hamda Tohir Sodiqov teleshouda murabbiylik qiladi.

Loyiha Oʻzbekistondagi iqtidor egalarini aniqlash va saralash imkonini beruvchi platformaga aylanadi va Madaniyat vazirligi garchi gʻolib boʻlish nasib etmagan boʻlsada, loyiha orqali nazarga tushan isteʼdodlarning keyingi faoliyatiga gʻamxoʻrlik koʻrsatishni yoʻlga qoʻyadi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Har bir mavsum gʻolibi KIA avtomobili bilan taqdirlanadi. Finalchilar bilan prodyuserlik shartnomalari tuziladi, ovoz yozish studiyalarida qoʻshiqlari bepul yozib beriladi, musiqiy albomlarini chiqarishlariga koʻmaklashiladi.

Bolalar uchun alohida teleshou tashkil etiladi. Loyihada yoshi, millati, tili, ijtimoiy mansubligi, musiqiy bilim bobida professional bilimga ega yoki havaskorligidan qatʼiy nazar barcha ishtirok etishi mumkin.

Oʻzbekiston ushbu teleloyihani namoyish etish huquqini qoʻlga kiritgan dunyodagi 76-mamlakatga aylandi.