Yangiliklar

YUNESKOning 43-sessiyasi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida oʻtkaziladi

YUNESKOning 43-sessiyasi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida oʻtkaziladi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

«2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Sessiya “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida oʻtkaziladi.

Sessiyaga tayyorgarlik doirasida:

  • Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli koʻrgazmalar tashkil etiladi;
  • Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqot markaziga aʼzo boʻlishi uchun rasmiy ariza topshiriladi;
  • Oʻzbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros obyektlarini tegishlicha YUNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Taʼlimni targʻib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro roʻyxatlarga kiritish choralari koʻriladi;
  • Sessiyaning mamlakatimizda oʻtkazilishining ahamiyati, shuningdek, Oʻzbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.