«2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Sessiya “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida oʻtkaziladi.
Sessiyaga tayyorgarlik doirasida:
- Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli koʻrgazmalar tashkil etiladi;
- Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqot markaziga aʼzo boʻlishi uchun rasmiy ariza topshiriladi;
- Oʻzbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros obyektlarini tegishlicha YUNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Taʼlimni targʻib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro roʻyxatlarga kiritish choralari koʻriladi;
- Sessiyaning mamlakatimizda oʻtkazilishining ahamiyati, shuningdek, Oʻzbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!