Iqtisod

Dollar kursi besh kunlik oʻsishdan soʻng biroz pasaydi

Dollar kursi besh kunlik oʻsishdan soʻng biroz pasaydi
Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Oʻzbekistonda dollar kursi pasaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 10,14 soʻmga pasayib, 19-martdan boshlab 12 559,86 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 8,54 soʻmga pasayib, seshanbadan 13 690,25 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,29 soʻmga pasayib, 19-martdan rublning rasmiy kursi 136,62 soʻmni tashkil etadi.