Isroilda Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning iste’fosini talab qilib, namoyishchilar uning kortejini to‘sishga harakat qildi. Bu haqda Isroilning «Kanal 7» nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Isroil rahbarining shaxsiy qarorgohi yaqinida bayroq ko‘targan 2 mingga yaqin namoyishchilar yig‘ilgan.
Namoyishchilar Netanyaxu hukumatini tanqid qiluvchi banner va plakatlarni ko‘tarib chiqishgan. “Sen javobgarsan”, “Hoziroq ket”, “7 oktyabr voqealari uchun tovon to‘laysan” degan shiorlar bilan hayqirishgan, deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!