Yangiliklar

Navroʻz bayramida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida 22 383 nafar xodim va harbiy xizmatchi safarbar etiladi

Navroʻz bayramida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida 22 383 nafar xodim va harbiy xizmatchi safarbar etiladi

Navroʻz bayramida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida 22 383 nafar xodim va harbiy xizmatchi safarbar etiladi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati maʼlum qildi.

Shuningdek, favqulotda vaziyatlarning oldini olish uchun 3 ming nafardan ortiq zaxira guruhi tashkil etilgan. Bayram tadbirlari respublika hududida 219 obyektda oʻtkazilishi belgilangan. 

Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan joylarda bayram tadbirlari oʻtkazilishiga hamda ushbu joylardagi nosoz attraksionlar va boshqa oʻyin qurilmalarning ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi nazoratga olingan.

Har bir tabdir obyektida mahalliy hokimlik, sogʻliqni saqlash va boshqa idora va tashkilotlar vakillarining navbatchiligi tashkil etilgan.

Ochiq joylarda xalq sayillari oʻtkaziladigan joylarning atrof-hududlari jismonan, texnik va maxsus vositalar bilan toʻliq toʻsish choralari koʻrilishi belgilangan.

Shuningdek bayram tadbirlari oʻtkazilayotgan vaqtda elektr-energiya, gaz, suv, obodonlashtirish va boshqa mutasaddi tashkilotlar har qanday vaziyatga shay holatda boʻlish choralari koʻrilgan.