Jahon

Qirg‘iziston va Tojikiston yana 10,7 km davlat chegarasi bo‘yicha kelishib oldi

Qirg‘iziston va Tojikiston yana 10,7 km davlat chegarasi bo‘yicha kelishib oldi

Tojikiston va Qirgʻiziston vakillari davlat chegarasining 10,7 kilometr uzunlikdagi maydonini kelishib oldilar. Bu haqda Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 12-17-mart kunlari Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalarining huquqiy masalalar boʻyicha topografik ishchi guruhlarining navbatdagi yigʻilishi Tojikistonning So‘g‘d viloyati Bo‘ston shahrida bo‘lib o‘tdi.

Topografik ishchi guruhlar Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasining 10,7 kilometri bo‘yicha kelishib oldi, deyiladi xabarda.

Tomonlar Qirg‘iziston hududida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvda qolgan hududlarni tavsiflash ustida ishlashni davom ettiradi.

Eslatib o’tamiz, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara uzunligi qariyb 970 kilometr bo‘lib, shundan 503 kilometri bahsli edi.