Ijtimoiy tarmoqlarda Afgʻoniston va Oʻzbekiston chegarasida afgʻon harbiy vertolyoti urib tushirilgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Mudofaa vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
“OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan faqat rasmiy maʼlumotlarga tayanishlarini soʻrab qolamiz. Asoslanmagan yolgʻon xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib oʻtamiz”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!