18-mart kuni Koʻkdala tumanida oʻtkazilayotgan saylda gaz chaqnashi natijasida gaz balon portlab ketdi. Bu haqda viloyat prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa oqibatida 37 nafar fuqarolar yongʻin tufayli turli darajada jarohat olib, shifoxonaga olib kelingan. 7 nafar fuqaro statsionar tartibda shifoxonaga yotqizilgan, 17 nafarining ahvoli qoniqarli boʻlganligi bois ambulator koʻrikdan oʻtkazilib, tibbiy yordam koʻrsatilgan, 13 nafarida tan jarohatlari aniqlanmaganligi sababli tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, uyiga qaytarilgan.
Mazkur holat yuzasidan Koʻkdala tuman prokururaturasi tomonidan JKning 207-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!