Jahon

Ukraina qurolli kuchlari bir qancha hududlarda o‘z pozitsiyalarini tark etdi

Ukraina qurolli kuchlari bir qancha hududlarda o‘z pozitsiyalarini tark etdi

Ukraina qurolli kuchlari Avdeevka yaqinidagi bir qancha hududlarda o‘z pozitsiyalarini tark etgan. Bu haqda TASS xabar berdi.

Mintaqa rahbari maslahatchisi Igor Kimakovskiyning aytishicha, ukrainalik qo’shinlar chekinish chog’ida o’lgan hamkasblarining jasadlarini ham tashlab ketishmoqda.

Ukraina Qurolli kuchlari Avdeevka yaqinidagi Orlovka va Tonenkiy qishloqlari yaqinida bir nechta pozitsiyalarini qoldirgan.

«Tonenkiy va Orlovka yaqinidagi shiddatli janglar natija berdi. U yerda armiyamiz bosimi ostida Ukraina qurolli tuzilmalari bir qator pozitsiyalarini tashlab ketishdi», – dedi maslahatchi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, chekinayotgan Ukraina qo‘shinlari o‘z hamkasblarining jasadlarini tashlab ketishgan.