Iqtisod

2017-2023-yillarda metrodan foydalangan yoʻlovchilar soni 61,6 mlndan 162,7 mlnga yetgan

2017-2023-yillarda metrodan foydalangan yoʻlovchilar soni 61,6 mlndan 162,7 mlnga yetgan
Foto: Transport vazirligi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahliliga koʻra, 2017-2023-yillarda yoʻlovchilarni tashish boʻyicha sezilarli oʻsish kuzatilgan.

Deylik, 2017-yilda barcha transport vositalari orqali 5 milliard 679 million kishi oʻz manziliga yetkazilgan boʻlsa, 2023-yilda bu koʻrsatkich salkam 6 milliard 452 million kishini tashkil etdi.

2023-yilda yoʻlovchi tashishda avtomobil transportining ulushi 97,2 foizni tashkil qilgan. Agar 2017-yilda 5 milliard 591,3 million kishi manzilga yetkazilgan boʻlsa, 2023-yilda ularning soni 6 milliard 270,2 million kishini tashkil qilgan.

Shuningdek, 2017-2023-yillarda metropolitendan foydalangan yoʻlovchilar soni 2,6 marotaba oshgan va 61,6 million kishidan 162,7 million kishiga yetgan.

Havo transporti vositasida tashilgan yoʻlovchilar ham mazkur davr mobaynida 2,4 barobar oshgan va 2,2 million kishidan 5,3 million kishiga yetgan, deyiladi tahlilda.