Yangiliklar

Dam olish kunlarida ob-havo qanday boʻladi?

Dam olish kunlarida ob-havo qanday boʻladi?
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

20-22-mart kunlari Oʻzbekiston hududiga nam oʻrta yer dengizi havosi kirib keladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 20-21-mart kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 21-22-mart kunlari harorat asta-sekin pasayadi, 22-mart kuniga kelib 10-15 daraja iliqqacha boʻladi.

20-21-martda baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

23-24-mart kunlari Oʻzbekistonning barcha hududida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Harorat kechalari salqinroq 5-8 daraja iliq atrofida boʻladi, kunduz kunlari esa harorat yana koʻtarila boshlaydi va 17-20 daraja iliqni, baʼzi joylarda 22 daraja iliqqachani tashkil etadi.

Respubliknaing togʻ oldi va togʻli hududlarida 20-22-mart kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Togʻlarda qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda 20-martda kechga tomon va 21-22-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 21-martda shamol tezligi 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat: bugun kunduzi 21-23 daraja iliq, 21-martda 15-17 daraja iliq, 22-martda 12-14 daraja iliq boʻladi. Harorat asosan kechalari 9-12 daraja iliq boʻladi. 23-24-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 6-8 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq boʻladi.