Jahon

Nyu-York meri musulmonlar uchun iftorlik uyushtirdi

Nyu-York meri musulmonlar uchun iftorlik uyushtirdi

Manxettendagi Surrogate binosida tashkil etilgan iftorda Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi musulmon jamoatchiligining yetakchi namoyandalari, islom davlatlarining diplomatik vakolatxonalari rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

Adams musulmonlarni muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani bilan tabrikladi va sobiq prezident Donald Tramp davrida musulmonlarga nisbatan joriy qilingan taqiqlarga qarshi kurashayotganini qayd etdi. Shahar hokimi har doim shahar musulmonlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidladi.

200 nafar mehmon uchun iftorlik menyusi Nyu-Yorkdagi turk restoranida tayyorlandi.

Iftorlik chog‘ida bir necha kishi sud binosi oldida to‘planib, Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar aytishdi. Politsiya ba’zilarni yo’l harakatiga to’sqinlik qilgani sababli hibsga olgan.