Yangiliklar

Oʻzbekistonning oltita hududida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

Oʻzbekistonning oltita hududida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

21-mart kuni A-373 “Toshkent – Oʻsh” avtoyoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida qor yogʻishi, vaqti vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik va tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi  18 – 23 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

2024-yil 21-27-mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.