Iqtisod

2 oyda 251,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan

2 oyda 251,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 150,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 251,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu koʻrsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9-martaga yoki 115,5 ming tonnaga koʻpaygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,6 %), Rossiya (26,1 %),  Qozogʻiston (9,1 %) va Xitoy (9 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 4,1 % ini tashkil etgan.