Iqtisod

Oʻzbekiston 2 oyda 151 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan

Oʻzbekiston 2 oyda 151 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan
Ilyustrativ foto

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd AQSH dollaridan oshgan. 

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 940,3 mln AQSH dollariga yoki 10,5 % ga oshgan.

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida jahonning 151 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,5 %), Rossiya (17,8 %), Qozogʻiston (5,9 %), Turkiya (4,4 %)  va Koreya Respublikasida (3,7 %) qayd etilgan.

  • Eksport – 3,6 mlrd
  • Import – 6,3 mlrd