Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan «Samo» MChJda farmatsevtik faoliyat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilayotgandi.
O‘rganishlar natijasida, korxona tomonidan qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, 2023-yil dekabr oyida «Samo» MChJ litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida markaz tomonidan sudga da’vo arizasi kiritilgan edi.
Namanganda yuz bergan zaharlanish holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv-tergov harakatlari olib borilayotgani sababli mazkur iqtisodiy ish bilan bog‘liq sud, javobgarning iltimosnomasiga ko‘ra 2024-yil 19-yanvarda to‘xtatildi.
Aholining hayoti hamda sog‘ligi uchun tahdid yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining yuqoridagi iqtisodiy ish bo‘yicha yakuniy sud hujjati qabul qilinguniga qadar «Samo» MChJ litsenziyasini to‘xtatib turish to‘g‘risida Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan iltimosnomasi sudning tegishli ajrimiga muvofiq qanoatlantirdi», deyiladi markaz xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, «Samo» MChJga tegishli, dori vositalarini ishlab chiqarish uchun 2020-yil 30-martda berilgan 15571-sonli litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.