Tojikistonda bugun, 22-mart kuni sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd qilinishicha, Toshkent vaqti bilan soat 08:47 da qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,4 ball, chuqurligi esa 15 kilometr bo‘lgan.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida uning kuchi sezilgan. Ular:
Farg‘ona viloyatida – 3 ball,
Andijon viloyatida – 2-3 ball,
Namangan viloyatida – 2-3 ball,
Sirdaryo viloyatida – 2 ball,
Toshkent shahrida – 2 ball holatida kuzatilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!