Qayd etilishicha, 21-mart kuni soat 22:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘li ko‘chasida Captiva hamda Lacetti avtomashinalari to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Natijada “Lasetti” rusumli avtomashinaning haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.