Hozirga qadar Ukrainaga jang qilish uchun kelgan 367 nafar fransuz yollanma askaridan 147 nafari yo‘q qilingan. Bu haqda Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Pyotr Tolstoy bayonot berdi.
Spikerning aytishicha, Rossiya harbiylari, Ukrainaga fransuz kontingenti kelgan taqdirda ham ularning barchasini qirib tashlaydi.
“Bizning bu boradagi fikrimiz bitta – Ukrainaga keladigan barcha fransuz askarlarini o‘ldiramiz, tamom», deydi Tolstoy.
Bundan tashqari, Tolstoy Rossiya Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning “qizil chiziqlar” haqidagi bayonotlariga parvo qilmasligini ham aytgan.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning 19-mart kuni Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin Fransiya Ukrainaga jo‘natish maqsadida fransuz askarlarini tayyorlayotgani bildirgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!