Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga Moskvada sodir etilgan terrorchilik harakati munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga Moskvada sodir etilgan terrorchilik harakati munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda unga va doʻst Rossiya xalqiga Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqi nomidan vafot etganlarning oila aʼzolariga bardamlik, jarohatlanganlarga tez fursatda shifo topishlarini tiladi. Begunoh insonlarga qarshi qaratilgan ushbu jinoyat yana bir bor qatʼiy qoralandi.

Rossiya yetakchisi, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Prezidentiga ushbu ogʻir damda bildirilgan dalda soʻzlari va zarur koʻmakni koʻrsatishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi. Mamlakatlarimiz xavfsizligi va barqaror taraqqiyotiga tahdid boʻlgan ushbu yovuz kuchga kurashish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.