Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida qiymati 519,4 mln AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich umumiy eksportning 14,3 % ini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 % ga oshgan.
Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor toʻqimachilik mahsulotlari (37,4 %), kalava-ip (47,7 %) asosiy ulushni egallagan.
2024-yilning yanvar-fevral oylarida 496 turdagi toʻqimachilik mahsulotlari dunyoning 52 ta davlatiga eksport qilingan.
Toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida:
- Kalava-ip – 247,8 mln
- Tayyor toʻqimachilik mahsulotlari – 194,4 mln
- Trikotaj mato – 42,8 mln
- Gazlamalar – 26,8 mln
- Paypoq mahsulotlari – 7,7 mln
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!