Yangiliklar

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasida Moskvadagi terakt munosabati bilan ochilgan hamdardlik kitobiga taʼziya soʻzlarini yozib qoldirdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasida Moskvadagi terakt munosabati bilan ochilgan hamdardlik kitobiga taʼziya soʻzlarini yozib qoldirdi
Foto: Tashqi ashlar vazirligi matbuot xizmati

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moskvadagi “Crocus City Hall” majmuasida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakati oqibatida koʻplab insonlarning qurbon boʻlgani munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi Elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirning oʻzi yozib qoldirgan.

“Zoʻravonlik va terrorizmni hech nima bilan oqlab boʻlmaydi va ularning barcha koʻrinishlarini keskin qoralaymiz.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan halok boʻlganlarning barcha yaqinlari va Rossiya xalqiga yana bir bor chuqur hamdardligimizni bildiramiz”, – deb yozadi vazir Telegram-kanalida.