“Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt yuzasidan Prezident xavfsizlik xizmati boshligʻi oʻrinbosari Otabek Umarov munosabat bildirdi.
“Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan vahshiy terrorchilik harakati natijasida Rossiya xalqiga, halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga chuqur taʼziya izhor etaman.
Biz zoʻravonlik va terrorizmning har qanday koʻrinishini, yaʼni bu shafqatsiz jinoyatni keskin qoralaymiz va terrorning har qanday koʻrinishini butunlay rad etishimizni bildiramiz.
Shafqatsizlik va insoniyat mohiyatiga qarshi jinoyatlarga toʻla bunday xatti-harakatlarga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi va butun dunyo hamjamiyatining soʻzsiz qoralashiga loyiqdir.
Biz ushbu fojiadan jabrlangan barchaga chuqur hamdardlik va qoʻllab-quvvatlashimizni izhor qilamiz.
Biz siz uchun ibodat qilamiz va Qudratli Alloh sizga ushbu qiyin sinovni yengish uchun kuch berishini chin dildan umid qilamiz», – deb yozib qoldirgan Otabek Umarov.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!