Yangiliklar

Andijonda Labo agʻdarilib ketdi

Andijonda Labo agʻdarilib ketdi
Foto: Andijon IIB

Bugun 25-mart kuni soat 13:40 larda Oltinkoʻl tumani, S.Zunnunova koʻchasida 1993-yilda tugʻilgan M.O Nexia-2 boshqarib kelayotgan vaqtda, chapga qayrilib olish uchun chorrahaga kirib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan M.X boshqaruvidagi Laboʻni oʻtkazib yubormasdan uning yoʻliga chiqib yuborishi sababli YTH sodir etilgan.

Oqibatda transport vositalari texnik shikastlangan.

Haydovchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, shahar shifoxonasiga yuborilgan.