Iqtisod

Dollar kursi salkam 12 600 soʻm boʻldi

Dollar kursi salkam 12 600 soʻm boʻldi
Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 22,07 soʻmga koʻtarilib, 26-martdan boshlab 12 597,07 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 2,53 soʻmga pasayib, seshanbadan 13 627,51 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,38 soʻmga oshib, 26-martdan rublning rasmiy kursi 135,96 soʻmni tashkil etadi.