Yangiliklar

Hafta davomida yomgʻir yogʻib, harorat pasayishi kutilmoqda

Hafta davomida yomgʻir yogʻib, harorat pasayishi kutilmoqda
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun 25-mart kuni Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha havo harorati 23-28 daraja iliq, janubda va choʻl hududlarda 30 darajagacha boʻlgan quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.

26-29-mart kunlari davrida Oʻzbekiston hududiga nam oʻrta yer dengizi havosining bir qismi kirib kelishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

26-martda yuqori harorat foni saqlanib turadi, soʻng havo harorati asta-sekin pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib 13-18 daraja iliqni tashkil etadi. 25-26 va 28-29-mart kunlari baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, 28-29-martda ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Togʻlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi. Poytaxtimizda: 26-martda yogʻingarchilik kutilmaydi, 27-29-martda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Bugun va ertaga kunduzgi harorat 25-27 daraja iliq, 27-martda 20-22 daraja iliq, 28-martda 18-20 daraja iliq, kechalari harorat asosan 11-14 daraja iliq boʻladi.