Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi sobiq elchisi Kim Xi-sang oʻz mamlakatining tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
2024-yil 12-yanvardan buyon diplomat Cho Txe-yul rahbarlik qilib kelayotgan Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligida 54 yoshli Kim Xi-sang iqtisodiy diplomatiya bilan shugʻullanadi.
U Seul milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi va Edinburg universiteti (Buyuk Britaniya) xalqaro huquq magistri hisoblanadi. 1993-yildan Tashqi ishlar vazirligi tizimida, markaziy apparatda ham, xorijda ham ishlagan. 2022-yil 24-noyabr kuni Kim Xi-sang Toshkentdagi elchi sifatida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!