Yangiliklar

Qashqadaryoda qum xom ashyosini noqonuniy qazib olayotgan shaxslar aniqlandi

Qashqadaryoda qum xom ashyosini noqonuniy qazib olayotgan shaxslar aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va Gʻuzor tuman boʻlimi tomonidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi hamda “Xavfsiz daryo” boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro R.Q. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Qashqadaryo» daryosining Gʻuzor va Qarshi tumanlari hududidan oqib oʻtuvchi qismining muhofaza zonasi hisoblangan yer maydonlaridan maxsus texnikalari yordamida oʻzboshimchalik bilan 9,5 ming kub hajmdagi qum hom ashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 948,6 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.